Jahon | 19:01 / 04.04.2016
1143
1 daqiqa o‘qiladi

Kashmirga tarixda ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi

Hindistonning Jammu va Kashmir shtati bosh vaziri vazifasini tarixda birinchi marta ayol kishi egalladi.

"Hudud rahbari Muftiy Muhammad Sayyodning vafotidan so‘ng, uning o‘rniga 56 yoshli Mehbubu Muftiy keldi", deb xabar beradi Associated Press.

Muftiy a'zo bo‘lgan Milliy-demokratik partiyasi hamda Hindiston hukmron partiyasi “Bxaratiya janata parti” o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli hudud rahbari lavozimi uch oy davomida bo‘sh turgan. Biroq aprel oyi boshida tomonlar bir to‘xtamga kela olishgan.

Siyosiy tahlilchilarning fikriga ko‘ra, mansabi tufayli kelgusida Mehbubi Muftiyning, hatto o‘z partiyasida ham dushmanlari ko‘payishi mumkin.

Jammu va Kashmir shtati Pokiston va Xitoy o‘rtasidagi munozarali hudud hisoblanadi. Shtat aholisining 70 foizi islom diniga e'tiqod qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish