08:43 / 04.04.2016
1491

Klaudio Raneri: «Agar golni Morgan urmaganida, keyinroq Vardi yoki boshqa kimdir gol urardi»

«Lester» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri «Sauthempton»ga qarshi o‘yindan (1:0) keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Qoyil qolish kerak, ajoyib o‘yin. Shu bilan birga og‘ir kechgan o‘yin, jamoamiz juda yaxshi o‘yin namoyish etdi.

Raqib 5 futbolchisini himoyada qoldirdi. Ular barcha chiziqlarni yopib tashlashga harakat qildi. Biz faqat bitta qarshi hujumni o‘tkazib yubordik, Mane Shmeyxel bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borgan vaziyatni aytayapman, Simpson esa o‘sha vaziyatda o‘zining fantastik harakati bilan jamoani qutqardi. Kimgadir bu vaziyat uchun 11 metrli jarima zarbasi berilish kerakdek tuyulgandir, menga emas.

FIFA kunlaridan keyingi o‘yinlar barcha uchun qiyin kechadi. Men o‘yindan oldin atigi 2 marta mashg‘ulot o‘tkaza oldim. Biz faqat juma va shanba kunlari yig‘ildik. Bir qancha futbolchilar terma jamoalari safida o‘rtoqlik va rasmiy o‘yinlardagi ishtirokdan keyin horg‘in holda qaytishdi. Bu tabiiy. Muhimi natija uchun kurashishdi. Jamoa ruhiyati a'lo darajada.

Morgan gol urgani zo‘r bo‘ldi. Lekin u urmaganida Vardi urardi, yoki boshqa kimdir. Biz gol urish bilan birga himoyalanishni ham qoyillatamiz. Bu «Lester»ning alohida xususiyati.

O‘ylaymanki, biz chempionlik poygasidagi raqiblarimizga yana bir ajoyib javob qaytardik. «Lester» g‘alaba qozonishni istadi va buni uddaladi. Qat'iyatni saqlab qolish va havolanib ketmaslik kerak. Hafta so‘ngida bizni yana bir qiyin o‘yin kutmoqda», – deydi italiyalik mutaxassis.

Qayd etish kerakki, 32 turda «Sauthempton»ga qarshi g‘alabadan keyin «tulkilar» ochkolari sonini 69taga yetkazdi va eng yaqin ta'qibchisi «Tottenhem»ni 7 ochkolik farq bilan ortda qoldira boshladi. Keyingi turda jamoa ligada qolish uchun kurash olib borayotgan «Sanderlend»ga qarshi o‘tkazadi. «Tottenhem» esa «MYu» bilan o‘ynaydi.

Top