Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Komik aktyor Eddi Myorfi 55 yoshni qarshiladi
Amerikalik taniqli komik ustasi Eddi Myorfi 3 aprel kuni 55 yoshga to‘ldi.
Asli Bruklindan bo‘lgan Eddi Myorfi o‘zining mehnat faoliyatini stendap-komik sifatida boshlagan. Klublardagi chiqishlari bilan bir qatorda u “Shanba kechasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir” shousiga doimiy ishga qabul qilingan. 1982 yilda esa u o‘zining ilk roli - “48 soat” komediya jangari filmidagi politsiya xizmatidagi jinoyatchi obrazini qo‘lga kiritdi. Film tanqidchilarning olqishiga sazovor bo‘ldi va katta mablag‘ keltirdi, Eddining karerasi esa birdaniga yuqoriga ko‘tarila boshladi.
U ijro etgan rollar orasida eng mashhuri “Beverli-Hillzlik politsiyachi” filmidagi xushchaqchaq Aksel Fouli qahramoni bo‘lib, u aktyorga mislsiz darajada omad keltirdi va natijada filmning yana ikkita davomiy qismi tasvirga olindi.
O‘z ijodiy jarayonida Eddi Myorfi ba'zida yuksak muvaffaqiyatlarga erishdi, ba'zan esa omadsiz vaziyatlarga uchradi. Biroq u Hollivudning eng mahoratli komiklaridan biriga aylandi va hattoki “Orzuimdagi qiz” filmidagi roli uchun “Oltin globus”ga (ko‘p bora nominatsiyaga ko‘yilgan) sazovor bo‘ldi. Tomoshabinlar uning ishtirokidagi nafaqat “Beverli-Hillzlik politsiyachi” filmini, balki “Telba professor”, “Doktor Dulittl”dagi obrazlarini sevib esga olishadi.







