Sport | 14:20 / 04.04.2016
1204
1 daqiqa o‘qiladi

Konte «Chelsi» bilan 3 yillik shartnoma tuzadi

Yaqin vaqtlar ichida Angliyaning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi sifatida shartnoma imzolashi kutilayotgan Italiya terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Antonio Kontening Londonda oladigan maoshiga aniqlik kiritildi.

La Gazzetta dello Sport nashri bergan xabarga ko‘ra, italiyalik mutaxassis «ko‘klar» bilan uch yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi va bu vaqt mobaynida 20 million yevro miqdorida maosh oladi.

Birinchi yil uchun Kontening maoshi 6,5 million yevroni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, 46 yoshli murabbiy «Chelsi» bilan Angliyaga taktika bo‘yicha murabbiy akasi Janlukaning ham kelishi bo‘yicha kelishib olgan. Shuningdek, uning shtabtidan to‘rt nafar italiyalik yordamchilar o‘rin olishadi.

Eslatib o‘tamiz, Konte Yevro-2016 musobaqasidan keyin Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish