09:09 / 04.04.2016
1592

Konte «Chelsi» bilan shartnoma imzolash uchun Londonga bordi

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte bugun «Chelsi» bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Jurnalist Janluki Di Martsioning sayti xabar tarqatishicha, murabbiy ayni pallada Londonga yetib borgan.

Avvalroq, Italiya futbol federatsiyasi Konte Yevro-2016 turniridan keyin terma jamoadagi faoliyatini davom ettirmasligi haqida xabar bergandi.

The Sun nashrida yozilishicha, tomonlar 3 yillik shartnoma imzolaydi. Murabbiyning maoshi yiliga 6 mln yevroni tashkil etadi.

Ayni vaqtda londonliklar jamoasini mavsum oxirigacha tayinlangan Guus Hiddink boshqarib turibdi. Jamoa 31 o‘yindan keyin 44 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

Top