Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:37 / 04.04.2016
1171
1 daqiqa o‘qiladi
Kubada avtobus ko‘prikka urilishi oqibatida odamlar halok bo‘ldi
Kubada sayyohlik avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Avtobus pastqam ko‘prik tagidan o‘tayotganda unga urilib ketdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Oqibatda 2 kishi, jumladan haydovchi halok bo‘ldi, 27 kishi jarohat oldi. Ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir.
Avtobus Santyago-de-Kuba shahridan Trinidadga sayyohlarni olib ketayotgan bo‘lgan. Avtobusda germnaiyalik va avstriyalik sayyohlar bo‘lgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish