Sport | 15:46 / 04.04.2016
1233
1 daqiqa o‘qiladi

«Latsio» futbolchilari «Roma»dan mag‘lub bo‘lishgach, muxlislar hujumiga uchradi

Rimning «Latsio» klubi muxlislari Italiya A seriyasining 31-turidan o‘rin olgan poytaxt derbisida «Roma»dan uchralgan mag‘lubiyatni (1:4) g‘azab bilan qarshi olishgan.

400ga yaqin fanatlar guruhi uchrashuvdan keyin jamoa mashg‘ulotlar bazasida futbolchilarning kelishini kutib turishgan. Futbolchilar avtobusda yetib kelishgach, muxlislar ularga qarata tosh va boshqa turli buyumlarni uloqtirishgan.

Ular shuningdek avtobus yo‘lini to‘sishga ham harakat qilishgan. Natijada voqeaga politsiya aralashgan va ular vaziyatni yumshatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanishgan. To‘qnashuv natijasida bir nafar politsiya xodimi jarohat olgan.

Voqea natijasida jami bo‘lib 15 nafar bezori muxlis hibsga olingan.

Muxlislar «Latsio» jamoasi bazasi eshigi oldida go‘ng solingan qoplarni qoldirib ketishdi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish