10:42 / 04.04.2016
1414

Latviya Armaniston va Ozarbayjonni o‘zaro nizoni to‘xtatishga chaqirdi

Latviya TIV Armaniston va Ozarbayjon tomonlarining Tog‘li Qorabog‘ hududidagi nizolari mintaqadagi vaziyatni og‘ir ahvolga solishi mumkinligini bildirdi.

"Armaniston va Ozarbayjon mintaqada vaziyatni og‘irlashtirishi mumkin bo‘lgan har qanday harakat va bayonotlardan tiyilishi kerak", deyiladi Latviya TIV bayonotida.

Latviya TIV o‘tgan kunlardagi qurolli to‘qnashuvlar qurbonlari bo‘lganlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirgan.

Top