Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi ofshor mojarosiga aloqadorligi haqidagi xabarlar yolg‘onligini isbotlamoqchi
Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messining oilasi o‘zlari haqida Panamadagi Mossack Fonseca yuridik firmasi bilan aloqalari borasida chiqqan xabarlarni inkor etdi.
Argentinaliklar oilasi mazkur masala yuzasidan sudga murojaat qilmoqchi va Messi va uning otasiga tegishli Xorxega tegishli Mega Star Enterprises ofshor kompaniyasi mavjud emasligini isbotlab bermoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Panamadagi «Mossack Fonseca» firmasi futbol olamida 20 nafardan ortiq taniqli shaxslar bilan ham hamkorlik qilgani, ular orasida «Barselona», «Manchester Yunayted» va «Real»ning hozirda faoliyat olib borayotgan va sobiq futbolchilari borligi ma'lum qilingandi. Jumladan, «Barselona» hujumchisi Lionel Messi va uning otasi Xorxening Panamada ro‘yxatdan o‘tgan «Mega Star Enterprises» ofshor kompaniyasi borligi aniqlangan.
Messi va Platini ofshor kompaniyalar mojarosiga aralashib qoldi
Jurnalistik surishtiruv: dunyo yetakchilari ofshor operatsiyalar gumoni ostida
Panama ofshorlar bo‘yicha sud ishlarida faol qatnashmoqchi