15:25 / 04.04.2016
1614

Neymarning agenti: Parijdagi hayot – futbolchilarning orzusi

«Barselona» jamoasi hujumchisi Neymarning agenti Vanger Ribeyro o‘z mijoziga «PSJ» tomonidan qiziqish bildirilayotgani haqidagi xabarga munosabatini bildirib o‘tdi.

Ayni vaqtda mavsum yakunida parijliklar jamoasini tark etadigan Zlatan Ibrahimovichning o‘rnini Neymar egallashi haqida xabarlar tarqalgan.

«Neymarda «Barselona» bilan 2018 yilgacha amal qiladigan shartnoma bor. U o‘zini Kataloniyada yaxshi his qilmoqda va bunga qo‘shimcha qiladigan hech narsa yo‘q.

U dunyoning eng yaxshi jamoasi o‘ynamoqda. Bundan ortig‘ini tilab bo‘lmaydi ham.

Lekin, Parij shahrida yashash va «PSJ»da to‘p surish ko‘pgina futbolchilarning orzusi hamdir. Ko‘ramiz, ikki yildan keyin, ya'ni «Barselona» nima bo‘larkan», - deya agentning so‘zlarini keltiradi L'Equipe.

Top