23:08 / 04.04.2016
1415

Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ poytaxtiga zarbalar berishni boshlashi mumkinligini aytdi

Ozarbayjon mudofaa vazirligi matbuot xizmati boshlig‘i Vagif Dargohli Ozarbayjon mudofaa vaziri Zokir Gasanov agar Armaniston Ozarbayjon aholi punktlarini o‘qqa tutishni to‘xtatmasa, Stepanakert va Tog‘li Qorabog‘ning boshqa hududlariga artilleriya zarbalarini berishni boshlashga buyruq berishini aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

"Armaniston Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar chizig‘idagi o‘z yo‘qotishlarini aholi punktlarini o‘qqa tutish bilan kompensatsiya qilishni boshladi. Bir necha ogohlantirishlarga qaramasdan, o‘qqa tutishlar davom etmoqda. Ozarbayjon mudofaa vaziri agar arman tomoni aholi punktlarini o‘qqa tutishni bas qilmasa, Xankendi va boshqa hududlardagi arman pozitsiyalariga kuchli artilleriya zarbalarini berishga buyruq beradi", deb aytdi Dargohli.

Avvalroq Ozarbayjon mudofaa vazirligi bir necha soat ichida Armanistonning 170 ga yaqin harbiysi tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘da yo‘q qilinganini ma'lum qilgandi.

Tog‘li Qorabog‘dagi ixtilof 2 aprel kuni boshlandi. Tomonlar bir-birini tinchlik sulhini buzishda ayblamoqda.

Top