14:28 / 04.04.2016
1864

O‘zbekiston va Niderlandiya munosabatlarining bugungi holati ko‘rib chiqildi

2016 yilning 4 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Niderlandiya Qirolligi Tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Yan-Pol Dirkse boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, 2015 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi raundi o‘zaro manfaatli bo‘lgan hamkorlikning eng istiqbolli yo‘nalishlariga e'tibor qaratishga va O‘zbekiston-Niderlandiya kun tartibini kengaytirishga imkon bergani qayd etildi.

Suhbat davomida turli darajalardagi, jumladan qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi bo‘lajak uchrashuvlarga tayyorgarlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida BMT doirasidagi O‘zbekiston-Niderlandiya o‘zaro hamkorlik hamda tashkilotning Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a'zosi sifatida 2017-2018 yillarga Niderlandiya nomzodi ilgari surilganlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Top