O‘zbekiston | 14:43 / 04.04.2016
4054
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda zamonaviy elektron elektr hisoblagichlar o‘rnatilishi boshlanadi

O‘zbekiston yaqin to‘rt yil ichida elektroenergiyani zamonaviy texnologiyalar asosida o‘lchovchi avtomatlashtirilgan tijoriy elektroenergiya hisoblash tizimi (ATEHT) bilan jihozlangan hisoblagichlarga o‘tadi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.

O‘zbekiston Osiyo taraqqiyoti, Islom va Butunjahon banklari bilan hamkorlikda umumiy qiymati 460 mln. dollar bo‘lgan shu kabi uchta loyihani amalga oshirishni rejalashtirgan.

Loyiha doirasida O‘zbekistonning 9ta hududida zamonaviy elektr hisoblagichlar o‘rnatiladi. Yangi hisoblagichlar operatorlar yordamida elektrni uzatish va hisoblash bilan shug‘ullanadi.

ATEHT bilan jihozlangan hisoblagichlar uylarga bepulga o‘rnatib beriladi. Agar mazkur qurilmaning plombasi yoki deformatsiyasi buzilib, nosoz holatga keltirilsa, uni tuzatish yoki yangisiga almashtirish to‘liq iste'molchi hisobidan amalga oshiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish