Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peskovning fikricha, ofshorlar haqidagi surishtiruvlar “to‘qib” chiqarilgan
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, ofshorlar borasida jurnalistik surishtiruv o‘tkazgan matbuot xodimlari, shunchaki ma'lumotlarni soxtalashtirib, uydirmalar to‘qib chiqarmoqda. U, OAV xodimlari bilan o‘tkazgan muloqotida shunday bayonot bergan, deb xabar qilgan TASS agentligi.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Kreml bu kabi axborotlarga o‘z munosabatini bildirish zarurati yo‘q. Undagi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga oid ma'lumotlarga to‘xtalgan matbuot kotibi, «aniq va yangi hech narsa yo‘qligini, qolgan barcha axborotlar mish-mishlar va uydirmalarga asoslanganini» ta'kidlagan.
Avvalroq, Panamaning yirik yuridik kompaniyasi ma'lumotlari oshkor bo‘lgach, OAVlarida, 2 milliard dollarlik xalqaro ofshor bitimlarida Rossiya ishtiroki xususida xabarlar tarqalgan edi.
Mart oyi oxirlarida esa, Dmitriy Peskov, Rossiya davlat rahbari sha'ni va g‘ururiga nisbatan yirik tovlamachilik va uydirma tayyorlanayotgani, agar shunday holat yuz bersa, prezident sha'ni barcha vositalar yordamida himoya qilinishidan ogohlantirgan edi.