21:14 / 04.04.2016
1914

Philips kompaniyasiga Red Dot Award 2016 taqdimotida 37 ta mukofot berildi

Mahsulot dizayni sohasidagi Red Dot Award 2016 mukofotlari taqdimotida Philips kompaniyasi 37 ta mukofot oldi. Joriy yilda Red Dot Award hakamlar hay'ati 57 ta davlatdan 5214 ta mahsulotning tashqi ko‘rinishini baholashlariga to‘g‘ri keldi. Philips mahsulotlariga ikkita eng yuqori toifadagi " Red Dot Award: Eng yaxshilar ichida yaxshisi" mukofoti berildi. Taqdimot tashkilotchilari ultratovush tadqiqotlari uchun mo‘ljallangan dunyodagi birinchi portativ smart-qurilma Philips Lumify Ultra’ni alohida qayd qilib o‘tishdi.

"Bugunda puxta o‘ylangan dizaynga nafaqat iste'molchilik mahsulotlari sohasida talab bor, u bizni barcha joyda o‘rab turadi. Biz Philips’da, xoh innovatsion britva, xoh dunyodagi birinchi mobil ultratovush datchik yaratish bo‘lsin, mahsulot dizaynining oldinga harakatlantiruvchi kuchiga ishonamiz", deb aytdi Philips’ning bosh dizayneri Shon Karni.

Philips Lumify qurilmasi ultratovush tadqiqotlari o‘tkazish uchun qo‘llanadi hamda smartfon va planshet bilan juftlikda ishlaydi. Barcha ma'lumot real vaqtda mobil qurilma ekranida maxsus dastur yordamida ko‘rsatiladi. Qurilma yordamida shifokorlar nafaqat shoshilinch yordam va tashxis o‘tkaza olishadi, balki ma'lumotlar bilan ham almasha oladilar.

Ta'kidlash joizki, Philips bundan avvalroq o‘tgan iF Design Award 2016 taqdimotida ham 48 ta mukofot olgandi. Bugungi kunda Philips Design jamoasi butun dunyo bo‘ylab 15 ta studiyada 400 dan ko‘proq odamni o‘z ichiga oladi.

Top