00:13 / 04.04.2016
1340

Poroshenko Ukraina bosh prokurorini o‘z lavozimidan bo‘shatib yubordi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat bosh prokurori Viktor Shokinning o‘z lavozimidan ozod etilishi haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda "Ukraina" telekanalida ma'lum qilindi.

"Men ta'kidlab o‘tmoqchimanki, seshanba kunidagi ovoz berishdan keyin Oliy radadan hujjatlar olindi, Viktor Shokinning bosh prokuror lavozimidan bo‘shatilishi haqidagi farmon imzolandi. Bugun u mening farmonim bilan iste'foga jo‘natildi", deb aytdi Poroshenko.

Avvalroq Oliy rada Shokinning iste'foga jo‘natilishini ma'qullagandi. Ushbu qarorni 289 deputat qo‘llab-quvvatlagan. Shokin Ukraina bosh prokuraturasini 2015 yil 10 fevralidan boshqarib kelgandi.

Top