14:31 / 04.04.2016
1605

Porsche Panamera’ning g‘ilofsiz suratlari paydo bo‘ldi

Britaniyaning Autocar nashri Porsche Panamera’ning yangi modeli suratlarini chop etdi.

Yangi avtomobil hozirda so‘nggi sinov jarayonidan o‘tmoqda. Uning rasmiy taqdimoti, shu yilning oktabr oyida, Parij xalqaro avtomobil ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tadi.

Taxminlarga ko‘ra, Porsche Panamera butunlay yangi MSB platformasida barpo etiladi. Uning tarkibida alyuminiy, o‘tabaquvvat po‘lat va vazni yengil birikmalardan foydalanilgani bois, mashina vazni avvalgisidan 91 kilogrammga yengillashgan.

Avtomobil o‘lchamlariga o‘zgarish kiritilmagan bo‘lsada, g‘ildiraklar sohasi kengayishi aniq. Bundan tashqari, avtomobil kuzovi ham birmuncha farq qiladi. Porsche Panameraga bir necha xil olti va sakkiz silindrli motorlar o‘rnatiladi. Shu bilan birga, gibridli motor ham yaxshilanadi.

Yangi Porsche Panamera shu yilning oxiridan Yevropada sotila boshlanadi. Uning hozirgi avlodi, to‘plamiga ko‘ra, 83 ming 277 yevrodan boshlab sotilmoqda.

Top