Iqtisodiyot | 12:26 / 04.04.2016
1876
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston Markaziy banki valyutalar kursini bir me'yorga keltirish maqsadida dollar sotib olishni davom ettirmoqda

Qirg‘iz milliy banki (Markaziy banki) mamlakat valyutalar bozorida ushbu oydagi ilk intervensiyasini amalga oshirdi. Bu haqda, markaziy bank saytida e'lon qilingan. Unga ko‘ra, xarid hajmi 6,65 mln. dollarni tashkil etgan.

Mahalliy ekspertlarning fikricha, markaziy bank, dollar kursining keskin tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shunday choralarga qo‘l urmoqda.

Shunga qaramay, yil boshidan beri, Amerika valyutasi somga nisbatan qadrsizlanib, 75 somdan 68 somgacha tushib ketdi. Qirg‘iziston milliy banki mart oyida jami 86,42 million dollar xarid qilgan bo‘lsa, yanvar oyida aksincha, jami 17ta intervensiya chog‘ida, 65 million dollar sotgan edi.

O‘tgan yil davomida qirg‘iz milliy valyutasi jahonning yetakchi valyutalariga nisbatan 28,9 foizga qadrsizlangan. O‘tgan yil mobaynida, som kursini bir maromda ushlab turish uchun Qirg‘iziston Markaziy banki 373,2 mln dollarni sotishga majbur bo‘lgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish