Texnologiya | 16:37 / 04.04.2016
2253
7 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada LG ELECTRONICSning 2016 yilgi mobil qatorlari: yangi OLED va SUPER UHD televizorlari, shuningdek audio tizimlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Bugun Lotte kompaniya mehmonxonasida LG Electronics (LG) kompaniyasi 2016 yil texnikasining qator namunalarini namoyish qildi. Bular shisha panelga ega yupqa 2,5 mm ekranli antiqa OLED-televizorlari hamda 43-86 dyuymli diagonalga ega SUPER UHD i UHD televizorlari, shuningdek yangilangan Full HD televizorlar qatoridir. Audio va video mahsulotlar saundbardlarning yangilangan qatori, yangi musiqiy tizim va simsiz portativ ustunga ega X-Boom DJ-effektli superquvvatli minitizim tomonidan namoyish etildi. LG texnikaning yangi qatorini ishlab chiqarish chog‘ida asosiy e'tiborni tasvir va tovushning yuqori sifati, foydalanishning qulayligi, simsiz texnologiya va bejirim dizaynga qaratdi. Aynan shu omillar LG mahsulotini elektronika va maishiy texnika segmentida yetakchilik qilishini ta'minlaydi.

LGning OLED va SUPER UHD televizorlari: tasvir sifati borasida yangi bosqich

LG keng iste'molchilar doirasi uchun OLED-televizorlarini ishlab chiqaruvchi yagona kompaniyaligini yana bir bor tasdiqladi, u Rossiya bozorida yangi 55-, 65- va 77-dyuymli tekis va qavariq ekranli OLED-televizorlarini namoyish qildi. Shu yildan boshlab kompaniya o‘z e'tiborini to‘g‘ri ekranli modellarga qaratadi, portfoliosida faqatgina bitta qavariq ekranli modeli bor, bu iste'molchilarning qavariq ekranli televizorlarga ikkilamchi munosabat bildirayotganliklari bilan bog‘liq. OLED-televizorlarining barcha modellari 8 million pikselning har birini alohida ta'minlovchi yuqori sifatli rangtasviri bilan ajralib turadi. Endilikda OLED televizorlari 10 bitlik rang chuqurligiga ega kontentlarni ham aks ettira oladi, ya'ni tomoshabinlar bundan buyon milliard xil palitrali ajoyib rang-barang tasvirlarni ko‘rishlari mumkin. LGning barcha OLED televizorlari eng zamonaviy HDR – Dolby Vision i HDR10 talablariga javob beradi, shu bilan birga DolbyLaboratories i UHD Alyansga muvofiq sertifikatga ega. Tasvir sifati va dizayniga qo‘shimcha ravishda LGning OLED televizorlari tovush borasida tan olingan ekspert - harman/kardon® bilan hamkorlikda ko‘p tarmoqli audio tizim bilan boyitilgan. Yangi modellar dinamikasi tomoshabinga yo‘naltirilgan ko‘p quvvatli saundbardning borligi bilan ajralib turadi, bu o‘z o‘rnida tovush tizimini maksimal darajada yaxshilaydi.

SUPERUHD 4K segmentida LG kompaniyasi IPS 4KQuantum modellarini namoyish qildi, ularning displeyi rangtasvirni yuqori aniqlikda yetkazib berishi va kengaytirilgan ranglar gammasi bilan ajralib turadi. Bu seriyaning modellari svetodiodning lyuminoforlar bilan qo‘llanilishi bois ranglarning yanada chuqurligi (milliard xilgacha) va tasvirning reallikka yaqinligi bilan diqqatga sazovordir. Ushbu seriyaning barcha modellari HDR10 va Dolby Vision ilg‘or texnikasiga ega, bu foydalanuvchilarga filmlarni aniq ranglar va keng kontrastli diapazonda, ya'ni uni mualliflari tomonidan qanday olingan bo‘lsa, shundayligicha ko‘rish imkonini beradi.

LG televizorlarining ULTRA HD flagman modellari ham keng qamrovli ovozni yetkazib beruvchi ULTRA Surround System ko‘p tarmoqli tizimi hamda harman/kardon® kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqilgan dinamikalar bilan boyitilgan.

Kompaniya LGning barcha OLED 4K va SUPER UHD televizorlari bu yil avvalgidek CINEMA 3D texnologiyasini quvvatlashlarini alohida ta'kidladi.

LG 2016 yilgi televizorlarining hamma flagman modellari endilikda yanada qulay bo‘lgan mukammallashtirilgan webOS 3.0 operatsion tizimida xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, so‘nggi 5 yil davomida xaridorlarga manzur bo‘lib kelayotgan yangilangan Magic Remote pulti ham namoyish etildi.

LGdan saundbarlar: keng ko‘lamli tovush nafis korpusda 

LG kompaniyasi namoyish qilgan yangi saundbarlar minimallikka asoslangan dizayni va yuqori sifatli xom-ashyolarning ishlatilganligi bilan ajralib turadi. LG tomonidan ishlab chiqilgan ASC texnologiyasi (tovushni adaptiv nazorat qilish) tovush yetkazib berish sifatini yaxshilaydi, masalan, suhbat yoki yangiliklar dasturida ASC ovozga kristal aniqlik berish maqsadida baslar quvvatini kamaytiradi. LGAutoSoundEngine texnologiyasi tovush chastotalari balansini optimallashtiradi, bu hattoki maksimal darajadagi balandlikda ham tovush yetkazib berish sifatida nosozliklarga yo‘liqmaslikka imkon beradi. Endi foydalanuvchi o‘zining sevimli musiqasini Bluetooth yoki Wi-Fi orqali smartfon yohud planshetdan o‘tkazishi mumkin. Biriktirilgan GoogleCast xizmati Youtube va GooglePlay hamda boshqa onlayn ilovalardan qo‘shiqlar va videolarni smartfondan saundbarga to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatishi mumkin. Bu yilning barcha yangiliklari televizorga simsiz Bluetooth orqali biriktiriladi. Manbani avtomatik aniqlash funksiyasi smartfondan musiqani saundbar Bluetooth signalini topishi bilan uzata boshlash imkonini beradi.

LGdan yangi monitorlar va proyektorlar: sifatli tasvir va innovatsion texnologiyalar

LG Electronicsning IT-qarorlari 21:9 ekranli kinematogrofik formatga ega qavarilgan UltraWide monitorlari QHDga ijozat etilishi bilan hamda eng talabchan geymerlar va professionallar uchun UltraHD 4K imkonga ega IPS-monitorlari bilan, shuningdek ishlash uchun qulay ramkasiz Infinity displeyli IPS-monitori namoyish qilindi.

Bundan tashqari LG stendida uy kinoteatri uchun raqamli TV-tyuner biriktirilgan ultraqisqa fokusli LED proyektorni e'tiborga havola qildi. Unga 100 dyuymlik tasvirni aks ettirish uchun atigi ekrangacha 38 sm masofa kerak bo‘ladi. Yorqin LED proyektor 120 dyuymli kinematografik tasvir sifatini ta'minlaydi.

LGning B2B-qarori

LG professional displeyning yangi 86 o‘lchamli modelini namoyish qiladi, u ajoyib ko‘rinishga va tomonlar mutanosibligiga ega. Bu uning chakana savdoda, aeroportlar, vokzallar va boshqa transport markazlarida, shuningdek muzeylarda, savdo va biznes markazlarida keng qo‘llanilishini ta'minlaydi. Tasvirning eng yuqori sifati, 4 tagacha turli tasvirlar ko‘rsatish imkoniyati, shu bilan birga kun-u tun doimiy tartibda xizmat ko‘rsatishi - mazkur displeyni biznes uchun eng yaxshi qarorga aylantiradi.

Reklama huquqi asosida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish