Texnologiya | 14:48 / 04.04.2016
1647
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung buklanuvchi smartfonni 2017 yil oxirida taqdim etadi

Samsung kompaniyasi 2016 yilning boshida birinchi mutlaqo buklanuvchi qurilmani yaratishni reja qilgani haqida ko‘p bora ma'lum qilgan edi.

Biroq Janubiy Koreya matbuotining xabar berishicha, Samsung buklanuvchi smartfonni keyingi yilning so‘ngida taqdim etish va 2018 yilning boshida sotuvga chiqarishni rejalashtirgan. Jurnalistlar ma'ruzasida qayd etilishicha, ishlab chiqaruvchilar yig‘iluvchi mobil devaysdan keyingi avlod smartfonlarining to‘laqonli vakili sifatida foydalanishni maqsad qilishgan.

Bu kabi gadjyetning unutilgan shakl-tamoyilda ishga tushirilishi so‘nggi vaqtlarda past o‘sishni ko‘rsatayotgan smartfonlar bozorida yangi impulsga aylanishi taxmin qilinmoqda.

Ma'ruzada aytilishicha, Samsung Electronics va Samsung Display xorijlik hamda janubiy koreyalik jihozlovchi hamkorlarni ishga jalb etishni boshladi. Bundan tashqari, Samsung buklanuvchi smartfon loyihasini amalga oshirish uchun bu turdagi gadjyet ixtirosiga ko‘plab usullarni patentlashtirdi. Birinchi variant — egiluvchi OLED-displey joylashgan, teng yarimga taxlanuvchi smartfon. Bu kabi apparatni yozuv daftarchasi sifatida olib yurish va ochib ishlatish mumkin.

Ikkinchi variant – hamyondek buklanuvchi smartfon bo‘lib, bu gadjyet ochilganida 7 dyuymli planshetga aylanadi.

Buklanuvchi smartfonlar haqida taqdim etilgan ma'lumotlar shunchaki taxmin ekanini eslatib o‘tish joiz.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish