23:27 / 04.04.2016
1749

Saudiya Arabistoni Eron nefti eksporti o‘sishini sekinlashtirish yo‘lini topdi

Ar-Riyod Tehronning neft eksportini oshirishga urinishlariga ta'sir qiluvchi choralar ko‘rmoqda. Ar-Riyod ma'lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni o‘z suv hududlariga Eron tankerlarining kirishini cheklab qo‘ydi.

Saudiya Arabistoni Eron neftini olib ketayotan kemalarga o‘z suv hududlariga kirishni taqiqladi, deb xabar bermoqda treyderlar va kema brokerlariga iqtibos keltirgan holda Financial Times nashri.

Nashrning yozishicha, fevralda yuklarni sug‘urta qiluvchi bir sug‘urta kompaniyasi Saudiya Arabistoni va Bahrayn Eron neftiga ega kemalarni o‘z portlariga kirishini cheklab qo‘yganini ma'lum qilgan. Bundan tashqari, o‘z yo‘nalishlarining oxirgi manzili sifatida Eron portlarini ko‘rsatuvchi kemalar Saudiya Arabistoni va Bahrayndan ularning suv hududlariga kirishga ruxsat olishlariga to‘g‘ri keladi, deb yozmoqda nashr.

Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat neft kompaniyasi va Milliy kemachilik kompaniyasi izoh berish haqidagi so‘roqlarga javob bermadi. Intertanko tankerlar egalari uyushmasi va bozorning qolgan ishtirokchilari Saudiya Arabistoni bunday qilishi haqida rasmiy ogohlantirish bermaganini aytishgan.

Eron yanvarda sanksiyalar bekor qilingandan keyin Yevropaga neft eksport qilishni boshlash imkonini oldi. 3 aprelda Eron neft vaziri Bijon Zangoniy Eron mart oyida neft va gaz kondensati eksportini kuniga 2 mln barrelgacha oshirganini ma'lum qilgandi.

Top