Texnologiya | 17:36 / 04.04.2016
1682
2 daqiqa o‘qiladi

Sony 13,3-dyuymli elektron siyohda ishlaydigan planshetni ishlab chiqaradi

Sony va Worldox kompaniyalari hamkorlikda qog‘oz o‘rnini butunlay egallaydigan New Digital Paper planshet kompyuterini ishlab chiqardi. Yangilik qog‘ozdan ko‘p miqdorda foydalanuvchi mutaxassislar uchun yo‘naltirilgan. New Digital Paper hujjatlar bilan ishlashda samaradorlikni oshiradi va matnlarga eslatmalarni osonlik bilan qo‘shib, ularni boshqa foydalanuvchilar bilan bo‘lishishga yordam beradi.

Qurilmaga E-Ink Mobius texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan 13,3-dyuymli displey o‘rnatilgan bo‘lib, 1600x1200 piksellardan iborat.


Sony New Digital Paperning katta displeyi PDF-hujjatlarni osonlik bilan kattalashtirmasdan ko‘rish imkonini beradi. Elektron qog‘ozga o‘tishning afzal tomonlaridan bu chop etishga, foydalanishga va qayta ishlashga bo‘lgan xarajatlarning kamayishi hisoblanadi. Qurilma simsiz tarmoqlar bilan ishlay oladi va fayllarni foydalanuvchilar bilan ham bo‘lishish mumkin.

Yangilik shu yilning may oyida 1100 dollar qiymatida sotuvga chiqariladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish