17:45 / 04.04.2016
1725

Tesla Model 3 elektrokari uchun 300 mingga yaqin buyurtma oldi

Avtomobil ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Tesla kompaniyasi Model 3 elektromobili uchun 276 ming dona oldindan buyurtmalar qabul qildi. Bu haqda brend rahbari Ilon Mask o‘zining tvitterdagi akkauntida xabar bergan.

«Shanba kuni oxirigacha Model 3 uchun 276 ming dona oldindan buyurtmalar kelib tushdi», — deb yozadi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oldindan berilayotgan buyurtmalar kun sayin oshib bormoqda.

Komplektatsiya haqida hozircha ma'lumot berilmayapti. Yangi modelning eng arzon narxi 35 ming dollarni tashkil qilmoqda. Tesla lineykasidagi eng arzon elektrokarga buyurtma berish uchun oldindan to‘lanadigan summa 1 ming dollarni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kompaniya rahbari mazkur yangi modelni o‘tgan hafta boshida omma e'tiboriga taqdim qilgandi.

Ilon Mask Tesla 3 modelining yangi dizaynini namoyish etdi

Tesla kompaniyasi Model 3 uchun buyurtmalar qabul qilishni boshladi

Top