07:32 / 04.04.2016
1731

The Sun: Hindiston va nepallik bolalar Angliyaga qullikka sotilmoqda

Britaniya hukumati Hindiston va nepallik yetim bolalar savdosi bilan qiziqib qoldi. Bu haqda The Sun nashrida chop etilgan materialda ma'lum qilindi. Bu material Tumanli Albionda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Buyuk Britaniya ichki ishlar vazirligi bu maqolaga e'tibor qaratdi.

Gap oxirgi yillarda Hindiston va Nepalda sodir bo‘lgan vayronakor zilzila vaqtida jabrlangan bolalar haqida ketmoqda. Bunday bolalar minglabni tashkil qilmoqda. Ulardan ko‘pchiligi yetim qolgan, aynan shunday bolalarga birinchi navbatda odam savdogarlari "ov qiladi". Misol uchun, 10 yoshli o‘g‘il va qiz bolalarni 5 ming funt sterlingga sotib olish mumkin. Kelishuv bor-yo‘g‘i bir necha daqiqani oladi.

The Sun jurnalistlari 8 yildan beri odam savdosi bilan shug‘ullanib keladiganlardan biri bilan suhbatlashishga muvaffaq bo‘ldi. U bu "biznes" tafsilotlari haqida gapirib berdi. Bolalar britan oilalariga xizmatkor yoki xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar sifatida taklif qilinadi. Ba'zida ular uzoq qarindoshlardek tanishtiriladi.

Bolalarda hech qanday hujjatlar bo‘lmaganiga qaramasdan, Angliyada bu hujjatlarni ma'lum haq evaziga tezgina tayyorlab beradigan odamlar mavjud. Sotilgan bolalar egalariga ishlashga majbur qilinadi. Ularning ortlariga qayta olishlarining imkon yo‘q.

Top