Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘g‘ri yo‘ldan adashganlar boshqalarni ham adashtirmoqchi bo‘lishdi
Muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan qibraylik M.Gulmirza (ism-shariflar o‘zgartirilgan) bir kuni ota-onasiga “boshqa davlatga borib ishlab, pul topib kelaman” dedi. Oila boshlig‘i farzandining xulq-atvorini yaxshi bilsa-da, unga monelik qilmadi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda.
O‘zga yurtga borib, ishlab kelishni niqob qilib olgan Gulmirza qo‘shni mahallada yashovchi R. Kozimni o‘ziga sherik qilib oldi. Ikkalasi bir bo‘lib Rossiyaning Novosibirsk shahriga borishdi. Ular kunduzi qurilishda ishlab, kechik payt internetga kirib turli saytlarda berilayotgan dinni, milliy urf-odatlar, an'analarni noto‘g‘ri talqin qiluvchi, yoshlarni chalg‘itib, ziddiyatlar keltirib chiqaruvchi axborotlar bilan tanishishga kirishishadi.
Uch-to‘rt oy oralig‘ida xorijiy davlatlardagi homiylari bilan internet orqali aloqa bog‘lab, ulardan turli yo‘l-yo‘riqlar olib turishadi.
Global tarmoqdan inson ma'naviyati va ahloqiga butunlay yot bo‘lgan illatlarni shuuriga joylab olgan Kozim Qibrayga qaytib keldi. U bir necha o‘smir yoshlarni o‘z atrofiga to‘plab, turli buzg‘unchi g‘oyalarni targ‘ib qila boshlaydi.
Yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itib, ularni xorijdagi manfaatdor kuchlar qo‘liga topshirishni maqsad qilgan bu ikki kimsa ham niyatiga erisha olmadi: bir necha hamyurtlarimizni xunrezliklar bo‘layotgan davlatlardan biriga jo‘natishni rejalashtirishayotganlarida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.