Jahon | 15:46 / 04.04.2016
1510
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda kimyoviy zavod portladi

Xitoyning sharqiy qismidagi Shandun provinsiyasi kimyo zavodida portlash yuz berdi. Bu haqda Xinxua agentligi xabar beradi.

Lianhetech kimyo zavodida oqova suvlarni qayta ishlash moslamasi portlab ketgan.

Voqea natijasida yetti nafar odam kasalxonaga joylashtirilgan, ulardan ikki nafari vafot etdi. Mahalliy hokimiyat qolgan besh nafarining ahvoli barqaror deb ma'lum qildi.

Portlash oqibatida kimyoviy moddalarning oqib ketgani to‘g‘risida ma'lumot berilmagan. Ayni paytda zavod faoliyati to‘xtatilgan. Voqea sabablari o‘rganilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish