18:11 / 05.04.2016
1296

Aleppoda sodir etilgan raketa hujumi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Jangarilar Suriyaning Aleppo shahrida aholi yashash manzilini raketadan o‘qqa tutdi. Bu haqda shahar markaziy shifoxonasi xodimlari ma'lumotiga asoslanib, RIA “Novosti” xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, hujum natijasida 14 kishi halok bo‘lgan, 50 nafari esa jarohatlangan.

“Terrorchilar o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvni buzishdi va Shayx-Maqsud dahasini raketadan o‘qqa tutishdi”, — deb xabar beradi manba.

Shifoxona xodimining so‘zlariga ko‘ra, voqea joyiga yana to‘rtta tez yordam mashinasi jo‘natilgan. Qutqaruvchilar vayronalar orasida ish olib bormoqda. Uchta turar-joy binosi butunlay vayron etilgan.

Top