Jamiyat | 15:23 / 05.04.2016
1278
1 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi hayvonot bog‘ida yo‘lbars tomonidan tishlangan ayol jarima to‘ladi

Nebraska shtatining Omaha shahridagi hayvonot bog‘ida yo‘lbars tomonidan tishlangan ayol jonivorning qafasiga noqonuniy kirganini tan oldi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

33 yoshli Jaklin Aydga sud xarajatlarini hisobga olmagan holda 250 dollar jarima solingan.

Xabarda aytishilicha, voqea 31 oktabr kuni sodir bo‘lgan.

Politsiyaning ma'lumotiga ko‘ra, yo‘lbarsning qafasiga noqonuniy kirgan ayol o‘zini tajovuzkorona tutgan va narkotik modda ta'sirida bo‘lgan.

Достонбек Матёкубов
Tayyorlagan Достонбек Матёкубов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish