15:17 / 05.04.2016
1581

«Barselona» prezidenti Neymar hech qayerga ketmasligini ma'lum qildi

Kataloniyaning «Barselona» klubi prezidenti Jozep Bartomeu jamoa hujumchisi Neymarga bo‘layotgan boshqa klublarning qiziqishi borasida gapirib o‘tdi.

«Biz hech kimga Neymar bilan muzokaralar olib borish uchun ruxsat berganimiz yo‘q, Hattoki ularning o‘ta jiddiy tarzda qiziqayotgan bo‘lsa ham. U faoliyatini «Barselona»da davom ettiradi.

Biz har doim yosh futbolchilarni tarkibimizga erkin agent sifatida kelishini istaganmiz. Neymarning «Santos» bilan tuzgan shartnomasi 2014 yilda tugardi va shundan keyin u safimizga kelib qo‘shilgan bo‘lardi. Bizga «Santos» bilan muzokara o‘tkazish shart emasdi, aynan mana shu sabab biz uning otasiga murojaat qilganmiz.

Murabbiy Neymarni jahon chempionatiga qadar olishni istadi. Agar chempionat tugagach u safimizga qo‘shilganida bizga tekinga tushgan bo‘lardi. Agar «Santos» bilan shunday muammo bo‘lishini oldindan bilganimizda ham Neymarni yana bir marta sotib olish kerak bo‘lsa, sotib olgan bo‘lardik.

Tez orada bu ish o‘z intihosini topadi degan umiddaman. Neymarning shaxsan o‘zi «Barselona»da o‘ynashni istagan. Neymarning otasi Braziliya bozoridagi eng samarali transferni amalga oshirishimizda ko‘maklashgan shunday ishlashda davom etmoqda. U mamlakatdagi iqtidorlarni kuzatib boradi», – deya ta'kidlab o‘tgan Bartomeu.

Top