16:32 / 05.04.2016
1592

Facebook ko‘zi ojiz foydalanuvchilari uchun sun'iy intellekt yaratdi

Facebook o‘zining iOS’dagi ilovasida ko‘zi ojiz foydalanuvchilarga tasvirni "ko‘rish" imkonini beruvchi sun'iy intellekt (SI) o‘ylab chiqardi. Bu haqida kompaniyaning matbuot relizida xabar berildi.

Maxsus o‘rgatilgan SI lentadagi har bir tasvirga matnli tavsif beradi va uni ovoz chiqarib o‘qiydi. Masalan, rasmda osmonning fonida o‘rmon aks ettirilgan bo‘lsa, SI "Ehtimol bu yerda osmon, daraxtlar, ochiq havo tasvirlangan" deb aytadi.

Bunday imkoniyatning ishlab chiqilishiga Facebook 10 oy vaqt sarf qildi. Uning asosida million namunalarga o‘rgatilgan neyroset yotadi. Facebook bu funksiyasini faqatgina iOS’da va faqat ingliz tilida yo‘lga qo‘ydi, ammo kelgusida boshqa platformalar va tillarda ham chiqarishga va'da beradi.

Top