Sport | 11:33 / 05.04.2016
1373
2 daqiqa o‘qiladi

FIFA delegatsiyasi JCh-2018 o‘tkaziladigan Rossiyaning 6ta stadioniga tashrif buyuradi

Xalqaro futbol federatsiyasi vakillari va "Rossiya-2018" tashkiliy qo‘mitasi birgalikda 5 apreldan 10 aprelga qadar Rossiyada 2018 yilgi jahon chempionati o‘tadigan 6ta maydonni ko‘zdan kechiradi. Bu FIFAning turnirga tayyorgarlik doirasidagi uchinchi xizmat tashrifi hisoblanadi.

Tashrif doirasida Xalqaro futbol federatsiyasi vakillari dunyo birinchiligi matchlari o‘tadigan Sankt-Peterburg (5 aprel), Nijniy Novgorod (6 aprel), Volgograd (7 aprel), Samara (8 aprel), Yekaterinburg (9 aprel) va Sochi (10 aprel) shaharlarida bo‘ladilar.

Shuningdek, Sochida delegatsiya mundial o‘yinlari o‘tkaziladigan boshqa arenalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishadi.

Tashrifning asosiy maqsadi - arenalarning qurilishiga baho berish emas, balki tadbirlar o‘tkaziladigan vaqtda maydonlardagi ishlarni tahlil qilish hisoblanadi. 

Delegatsiyaga "Rossiya-2018" tashkiliy qo‘mitasi bosh rahbari Aleksey Sorokin, FIFA musobaqalarni o‘tkazish departamenti rahbari Kolin Smit va FIFA jahon chempionatlarini o‘tkazish bo‘limi rahbari Kris Unger boshchilik qiladi. Ulardan tashqari, delegatsiya tarkibida turli sohalardagi ekspertlar: arenalarni loyihalashtirish, musobaqalarni o‘tkazish, xavfsizlik, transport, logistika, shuningdek tegishli vazirlik va idoralar vakillari bor. Jahon chempionati 2018 yil 14 iyundan 15 iyulga qadar Rossiyaning 11 shahridagi 12ta maydonda bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish