Jahon | 15:14 / 05.04.2016
1309
2 daqiqa o‘qiladi

Jyeyms Bond yaxtasi sotuvga qo‘yladigan bo‘ldi

2005 yilda superagent Jyeyms Bond haqda ishlangan “Royal” kazinosi” filmi uchun maxsus yasalgan 54 futli (16,7 metr) Soufrière yaxtasi 4—7 may kunlari Londonda o‘tadigan London On-Water Show ko‘rgazmasida namoyish etiladi. Yaxta Britaniyaning Spirit Yachts verfida yasalgan. Bu haqda Classic Driver xabar bermoqda.

Yaxta Spirit nomi bilan suvga tushirilgan bo‘lib, ammo suratga olish ishlari yakunlangach, Soufrière nomini olgan. U alohida sanuzelli ikki o‘rinli kayutaga ega bo‘lib, qizil yog‘ochlar bilan ishlov berilgan. Yaxtaning narxi haqda aniq ma'lumot berilmagan.

Spirit Yachts’ning asosiy dizayneri Shon Makmillanning so‘zlariga ko‘ra, yaxta “so‘nggi 300 yil ichida Venetsiyadagi Katta anhorga tushirilgan ilk suvda yurar transport hisoblanadi”. Film syujyetida qahramonlar Jyeyms Bond (Deniyel Kreyg) va uning hamrohi Vesper Lindt (Yeva Grin) Venetsiya anhori bo‘ylab sayr etishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish