14:18 / 05.04.2016
1538

Manuel Noyyer: «Biz Jonas va Mitro‘g‘lini diqqat bilan kuzatishimiz kerak»

«Bavariya» jamoasi darvozaboni Manuel Noyyer «Benfika»ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Raqibning faqatgina hujumchilarini zararsizlantirish haqida emas. Biz «Benfika»ning o‘yin uslubini o‘rganib chiqdik va ular o‘zlaridan kuchliroq sanalgan raqiblarga qarshi o‘ynashning hadisini olishganini bilib oldik.

Balki ko‘rinishidan «Bavariya» yaqqol favoritdekdir. Lekin «Benfika»ning hujum chizig‘ida mohir futbolchilar bor. Bu jamoa chorak finalga bekorga yetib kelmagan.

Men ular Myunxenda ham gol urishga harakat qilishlarini kutmoqdaman. Biz Jonas va Mitro‘g‘lidan ehtiyot bo‘lishimiz, ularning harakatlarini diqqat bilan kuzatishimiz kerak. Ular ikkisi Portugaliya chempionatida birgalikda 50tacha gol urishgan», deydi Noyyer.

Top