Jahon | 14:33 / 05.04.2016
1298
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Mossack Fonseca KXDR yadro dasturiga aloqasi bor firma bilan hamkorlik qilgan

Panamaning Mossack Fonseca yuridik xizmat ko‘rsatuvchi firmasi DCB Finance kompaniyasi bilan hamkorlik qilgan. The Guardian nashri ma'lumotiga ko‘ra, DCB Finance firmasi Shimoliy Koreya yadro dasturiga aloqasi borligi ma'lum va mashhur.

«Panama hujjatlari»ga ko‘ra, DCB Finance firmasi 2006 yili Buyuk Britaniyaning Virjin orollarida ro‘yxatdan o‘tgan. Shimoliy koreyalik hukumat mulozimi Kim Chol San va britaniyalik bankir Nayjyel Kaui mazkur firma ta'sischilari bo‘lishgan.

The Guardian nashrining xabar qilishicha, Mossack Fonseca DCB Finance’ga ro‘yxatdan o‘tishda ko‘maklashgan. Kompaniyaga Daedong Credit Bank tomonidan asos solingan. AQSh hukumati 2013 yili ushbu kompaniya va uning sho‘'ba korxonalarini, KXDRga nisbatan sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan edi. Vashington, Daedong Credit Bank va DCB Financeni Shimoliy Koreya yadro hamda raketa dasturlarida katta ehtimol bilan ishtirok etishini taxmin qilgan.

Ushbu ma'lumot esa, aslida Mossack Fonseca, yadro quroli ishlab chiqishga aloqasi bo‘lgan Shimoliy Koreya korxonalariga maslahatlar berganini isbotlaydi. Biroq, nashrning yozishicha, yuridik firma rahbariyati, DCB Finance KXDRga tegishli ekanini umuman bilmagan bo‘lishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz,2016 yil 3 aprel kuni OCCRP (Organized Crime and Corruption Reporting Project-Uyushgan jinoyat va korrupsiyaga oid hisobot loyihasi) dunyoning ayrim davlatlari rahbarlari, siyosatchilar, sportchi va madaniyat arboblarining ofshor bitimlariga aloqadorligini isbotlovchi keng miqyosli o‘z surishtiruv natijalarini oshkor qilgan edi. 5 aprel kuni Panama prokuraturasi tergov ishlarini boshlab yubordi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish