Sport | 20:53 / 05.04.2016
1694
2 daqiqa o‘qiladi

OChL, 4-tur: "Nasaf" o‘z maydonida "Al-Jaish"ni yenga olmadi

Bugun, 5 aprel kuni O‘zbekistonning ikki jamoasi - "Nasaf" hamda "Bunyodkor" Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasida navbatdagi o‘yinlarida maydonga tushdi.

Qarshida Qatarning "Al-Jaish" jamoasini qabul qilgan "Nasaf" jamoasi raqib darvozasiga yo‘l topolmadi va o‘yinda 0:0 hisobidagi durang natija qayd etildi.

Jamoalarning Qatarda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinida Sardor Rashidovning yagona goli "Al-Jaish"ga g‘alaba keltirgandi.

4-turdan keyin "Nasaf" 4 ochko bilan o‘z guruhida 2-o‘rinni egallab turibdi. "Al-Jaish" hisobidagi ochkolar soni esa 10taga yetdi va qatarliklar yaqqol peshqadamga aylandi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvi 5 aprel kuni Toshkent vaqti bilan sota 22:25 da start oladi. Unda Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi o‘z maydonida BAAning "Al-Ayn" jamoasini qabul qiladi. Har ikki klub 3 turda 3tadan ochko jamg‘argan.

Osiyo Chempionlar Ligasi
"D" guruhi, 4-tur uchrashuvi

"Nasaf" (O‘zbekiston) — "Al-Jaish" (Qatar) 0:0

"Nasaf" Eldor Suyunov, Maqsud Karimov, Shuhrat Muhammadiyev, Ilhom Shomurodov, Dilshod Rahmatullayev, Artur Gevorkyan, Bahrom Abdurahimov (Aziz G‘aniyev, 78), Erkin Boydullayev, Azamat Allaniyazov (Bobir Abduxoliqov, 63), Sherzod A'zamov, Saydullo Rahmatov.
"Al-Jaish": Xalifa Ababakar, Murod Naji, Lukas Mendes, Yosir Isa, Abdurazzoq Hamdallah, Sardor Rashidov (Otman Al Yahri, 86), Majid Muhammad, Abdurahmon Muhammad, Xolid Az-Zereqi, Ahmad Moyein, Romaringo.
Ogohlantirishlar: Sherzod A'zamov, 32 (N). Majid Muhammad, 35 (A). Artur Gevorkyan, 84 (N).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish