18:24 / 05.04.2016
2069

Fidokorligiga havas qilsa arziydigan shifokor ayol

Xitoylik Li Yuxong 15 yildan buyon shifokorlik qilib minglab odamlarga yordam beradi. Nima bo‘pti? Fidokor doktorlar juda ko‘p, deyishingiz mumkin. Biroq qahramonimizning ikkala oyog‘i ham yo‘q...

Baxtsiz tasodif tufayli bog‘chaga ketayotgan 4 yoshli qizaloqni katta yo‘lda yuk mashinasi urib yuboradi. Oyoqlaridan ayrilgan qiz 8 yoshida kichik kursichalar yordamida “yurish”ni o‘rganadi.

Shundan buyon shifokor bo‘lish orzusiga yetishish uchun qat'iyat va sabr bilan harakat qiladi.

Hozir Li 37 yoshda va u 15 yildan buyon dardlarga malham ulashadi.

U o‘zining va qo‘shni qishloqda yashovchi 300 xonadonda istiqomat qiluvchi 1 000 nafar odamga tibbiy yordam ko‘rsatadi.

U turmushga chiqqan Ksing ismli yigit uy ishlarini yuritish va o‘zi kelolmaydigan bemorlarning uyiga yetib olishda xotiniga ko‘maklashish uchun o‘z ishidan voz kechgan. Ksing ba'zan xotinini qo‘llarida ko‘tarib yuradi.

Jasur ayol – Li o‘z ishini yaxshi ko‘rgani tufayli baxtiyor ekanini aytadi.

Top