18:18 / 05.04.2016
1483

Ozarbayjon va Armaniston Tog‘li Qorabog‘ hududida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

Ozarbayjon va Armaniston tomoni Tog‘li Qorabog‘ hududida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu haqda tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi mudofaa vazirligi matbuot xizmati rahbari Senor Asratyanga asoslanib, "Interfaks" agentligi xabar tarqatdi.

"Muzokaralar natijasida erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi bitim bugun soat 12:00dan (Toshkent vaqti bilan soat 14:00) boshlab kuchga kirdi", deydi Asratyan.

Bundan oldinroq, tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi hukumatida hududdagi o‘t ochish harakatlarini ikki tomonlama to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar uchun kelishuv tayyorlanayotgani haqida xabar berilgandi.

Top