19:56 / 05.04.2016
3771

Putin Milliy gvardiya tashkil etilishini e'lon qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Milliy gvardiya tashkil etilishini e'lon qildi. Bu gvardiya Rossiya ichki ishlar vazirligi Ichki qo‘shinlari negizida shakllantiriladi. Putinning aytishicha, Milliy gvardiya terrorchilik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashadi hamda "OMON, SOBR va boshqa tuzilmalar bajargan vazifalarni bajarishni davom ettiradi".

Putin Federal migratsiya xizmatini (FMX) va Narkotiklar aylanmasini nazorat qilish federal xizmatini (NANQFX) Rossiya ichki ishlar vazirligiga bo‘ysundirilishini ma'lum qildi.

Putin huquq-tartibot muassasalaridagi islohotlarni ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev, NANQFX boshlig‘i Viktor Ivanov, ichki ishlar vazirligi ichki qo‘shinlari qo‘mondoni Viktor Zolotov va FMX boshlig‘i o‘rinbosari Yekaterina Yegorova bilan uchrashuvda e'lon qildi.

Top