23:57 / 05.04.2016
2211

Rianna YouTube’da 20 mln obunachiga ega birinchi qiz bo‘ldi

Amerikalik qo‘shiqchi Rianna YouTube’da 20 mln obunachiga ega birinchi qiz bo‘ldi. Bu haqda qo‘shiqchining o‘zi Instagram’da ma'lum qildi.

Instagram’dagi videorolikka izohda qo‘shiqchi Tangriga minnatdorchilik bildirdi va YouTube’dagi RihannaVEVO kanalidagi Kiss It Better qo‘shig‘iga ishlangan yangi klipga baho berishni so‘radi. Kanalning o‘zi 2009 yil 11 mayda ro‘yxatga olingan, ayni vaqtda uning obunachilari soni 20 079 666 kishini tashkil qilmoqda. Kanaldagi barcha videoroliklar umumiy hisobda 8,5 mlrd namoyish to‘plagan.

YouTube’da obunachilar soni bo‘yicha anchadan beri PewDiePie taxallusi bilan ma'lum bo‘lgan shvetsiyalik blogger Feliks Chelberg yetakchilik qilib kelmoqda. Uning kanaliga 43 mln dan ko‘proq odam obuna bo‘lgan.

Top