14:54 / 05.04.2016
1493

Ruy Vitoriya: «Bizda «Bavariya»ga qarshi o‘yin oldidan hech qanday qo‘rquv yo‘q»

«Benfika» jamoasi bosh murabbiyi Ruy Vitoriya YeChLning nimchorak finalida «Bavariya»ga qarshi kechadigan safar uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Taktik tomondan qaraydigan bo‘lsak, «Bavariya» butunlay boshqa darajadagi jamoa. Ular o‘yinning istalgan vaqtida vaziyatni o‘zgartira olishlari mumkin bo‘ladi.

Biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak. Bizda kuchli raqibga qarshi o‘yin oldidan hech qanday qo‘rquv yo‘q. O‘zimizga kerakli natija uchun qo‘limizdan keladigan barcha ishni qilamiz», – deydi murabbiy.

«Bavariya» – «Benfika» bahsi 5 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 21.45da boshlanadi.

Top