01:22 / 05.04.2016
1876

Tarmoqda Skarlett Yoxanssonning egizak robotining videosi paydo bo‘ldi

Gonkongda iste'qomat qiluvchi Riki Ma aktrisa Skarlett Yoxancsonning robot-egizagini yaratdi. Uning aytishicha, u bolaligidan kiborglarga qiziqqan va shuning uchun katta bo‘lganida o‘z robotiga ega bo‘lishga qaror qilgan. Ko‘pchilik uni tanqid ostiga olib, bu jarayon juda qimmat va qiyin ekanligini ta'kidlashgan. Lekin bunday tanqidlar uning ishini tugatishga qarshilik qila olmagan. Natijada kiborgni yaratish Rikiga 50 ming dollarga tushdi. 

Robotning ismi Mark 1. Uning 70 foizga yaqin qismlari 3D-printerda bosilgan. Ma robotni yaratayotganda Gollivud aktrisasining tashqi ko‘rinishidan foydalanganligini tan oladi, ammo u kim ekanligini aytmadi. Lekin internet foydalanuvchilari tez orada u Mark 1’ni yaratishda Skarlett Yoxancsonning obrazini olganligini payqashdi.

 

Top