10:20 / 05.04.2016
1686

Terri Anri: «Meni Zidanning «Barselona»ga qarshi o‘yinda qo‘llagan taktikasi hayratlantirdi»

«Arsenal» va «Barselona» jamoalarining sobiq futbolchisi Terri Anri Ispaniya chempionatining 31 turida ko‘k-anorranglilar va Madridning «Real» jamoasi o‘rtasida kechgan bahs (1:2) borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Meni Zidanning taktikasi hayratga soldi. «Real» futbolchilari raqibdan umuman cho‘chishmadi va qattiq bosim uyushtirishdi. Pressing «Barselona» gol urgach qo‘llanishi kerak bo‘lgan eng to‘g‘ri taktika edi.

Zidan raqibning yarimhimoyasini zararsizlantirish zarurligini anglab yetdi. Odamlar Zidan «Barselona»ga qarshi taktika o‘ylab topa olarmikan deb o‘ylashayotgandi. U esa kutilganidan ham yaxshiroq ish qildi. «Real» g‘alaba qozonishga haqli edi. Jamoa 10 futbolchi bo‘lib qolganida ham raqibdan yaxshiroq o‘ynadi», — deydi Anri.

As Zidan klasiko o‘yinida foydalangan taktik chizmalarni e'lon qildi

Top