17:41 / 05.04.2016
1601

Toshkent ko‘chalarida “mo‘'jiza-mashina” paydo bo‘ldi

Toshkentning Qoratosh ko‘chasidagi qarama-qarshi qatnov qismini ajratib turuvchi chiziq ustidan beton bordyur yotqizayotgan maxsus texnika surati Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhida e'lon qilindi. Aytish mumkinki, u anchayin bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

“Ushbu mo‘'jiza-mashina va nihoyat bizgacha yetib keldi”, — deb yozadi suratni guruhga joylashtirgan foydalanuvchilardan biri. Suratdagi izohlardan Power Curber mashinasi balandligi 10 santimetrdan 1,5 metrgacha bo‘lgan bordyurlarni yotqiza olishi mumkinligi haqidagi ma'lumotni kuzatish mumkin.

Foydalanuvchilar yana biri davlat korxonalaridan birida ana shunday maxsus texnikadan ikkitasi borligi haqda xabar bergan. Muhokamalar jarayonida e'lon qilingan suratlarning birida D’Avino tomonidan ishlab chiqarilgan va “Betoner.uz” kompaniyasiga tegishli betonyotqizgichni ko‘rish mumkin.

Top