Ustyurt GKM 2016 yildan to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaydi
Ustyurt gaz-kimyo majmuasi (GKM) 2016 yilning o‘rtasida to‘liq ishga tushadi. Bu haqida UzDaily "O‘zbekneftgaz" korxonasi manbasiga ko‘ra xabar berdi.
"O‘tgan yilning 4-choragida majmuada barcha qurilish ishlari yakunlandi va asbob-uskunalar bilan ta'minlash ishlari yo‘lga qo‘yildi. Ilk tajriba mahsuloti - polietelen partiyasi 2015 yil oktabri oxirida ishlab chiqarilgandi, noyabrda esa polipropilenning birinchi partiyasi chiqarildi. Hozirda zavod yanada faollashmoqda va shu yilning o‘rtalarida yuqori cho‘qqiga chiqishni rejalashtirmoqda", - deyiladi manbada.
Korxonada ishlab chiqarishni ko‘tarish maqsadidagi loyihalashtirish ishlari davom etayotgan bo‘lsa-da, u Turkiya va Sharqiy Osiyo mamlakatlariga birinchi eksportini amalga oshirdi. 2015 yilning dekabridan polietilen, yanvardan esa - polipropilen eksport qilina boshlandi.
2008 yilning fevralida "O‘zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi va Koreyaning Kor-Uz Gas Chemical Investment konsorsiumi Surgilda Ustyurt GKM qurilishi uchun hamkorlikda Uz-Kor Gas Chemical qo‘shma korxonasini tashkil qilgandi.
Koreya kompaniyalari konsorsiumi tarkibiga hozirgi kunda Kogas, Lotte i STX Energy kiradi. Samsung Engineering, GS Engineering va Hyundai Engineering korxonalari esa loyihani qo‘llab-quvvatlashdi. GKM qurilishi 2012 yilda boshlangan.
Loyihaning umumiy qiymati 4 milliarddan ortiq. Loyihani moliyalashtirish xorijiy moliyaviy institutlar konsorsiumi kreditlari, Uz-Kor Gas Chemical qo‘shma korxonasining shaxsiy mablag‘lari, shuningdek O‘zbekistonning rekonstruksiya va taraqqiyot fondi krediti hisobiga amalga oshirildi.
GKM yiliga 4,5 milliard kub tabiiy gazni qayta ishlaydi va 4 milliard kub gaz, 400 ming tonna turli qalinlikdagi polietilen, 100 ming tonna polipropilen va 100 ming tonnacha piroliz yonilg‘ini ishlab chiqaradi.