Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy bosh vaziri daromad solig‘ini QQSga o‘zgartirish islohotiga izoh berdi
Xitoyning barcha sohalaridagi tashkilotlar uchun daromad solig‘ining o‘rnini bosishi ko‘zda tutilgan qo‘shimcha qiymat solig‘ini joriy etish korxonalar yukini 500 milliard yuan (76,9 milliard dollar)ga kamaytirishga yordam beradi. Bu haqda Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan ma'lum qilgan.
Mart oyi boshlarida moliya vaziri Lou Tszivey Xitoy hukumati 2016 yil 1 mayga borib Xitoyning barcha sohalaridagi korxonalardan undiriladigan daromad solig‘i qo‘shimcha qiymat solig‘iga o‘zgartirilishini e'lon qilgan edi.
"Uning 2016 yil uchun mo‘ljallangan bayonotida keyinchalik qurilish, ko‘chmas mulk, moliyaviy xizmatlar kabi sohalarda ham QQS joriy etilishi haqida gapirilgan", deb xabar beradi RIA Novosti.
"Daromad solig‘idan QQSga o‘tish islohoti – faol moliyaviy siyosat samaradorligini kafolatlovchi muhim qadam. Xususan, bu jarayon orqali 2016 yilda tarkibiy o‘zgarishlar, ayniqsa, taklif sohasini isloh qilishni targ‘ib qilish ham maqsad qilingan", - deb fikr bildirdi Li Ketsyan China Daily gazetasiga bergan intervyusida.
Xitoy hukumati taklif etayotgan mahsuloti bozordagi talabdan sezilarli darajada ziyod bo‘lgan keragidan ortiq kuchlanishli sanoat tarmoqlarida taklif sohasi islohoti (supply side reform) deb atalmish o‘zgarishlar amalga oshirilishi to‘g‘risida ma'lum qilgan.
Ekspertlarning fikriga ko‘ra, mazkur siyosat allaqachon narxlarning pasayiga olib keldi. Biroq narxlarning pasayishi bir tomondan inflyatsiyani past ko‘rsatkichda saqlashga imkon bersa, ikkinchi tomondan korxonalarni bankrotlikka va ish o‘rinlarining qisqarishiga olib keladi.