10:13 / 06.04.2016
3177

6 aprel: tarix g‘ildiragi

6 aprel—joriy taqvim bo‘yicha 2016 yilning 96-kuni.

Voqealar:

1995 yil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Xorazm haqiqati” gazetasini O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotladi.

1996 yil. Toshkentda “Ma'naviyat va ma'rifat” respublika markazi, Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan “Sohibqiron sayli” tantanalari bo‘lib o‘tdi.

1909 yil. Amerikalik tadqiqotchi Robert Piri ilk bor Shimoliy qutbga qadam qo‘ydi.

1985 yil. Uilyam Shryoder sun'iy yurak o‘rnatilgan dunyodagi birinchi odam bo‘ldi.

Tavalludlar:

1671 yil—taniqli fransuz xajvchi-shoiri Jan-Batist Russo,

1810 yil—ingliz kashfiyotchisi, akvarium asoschisi Filip Genri Gosse,

1892 yil— amerikalik aviamuhandis, yo‘lovchi, yuk va harbiy samolyotlar quruvchisi Donald Uills Duglas (kattasi),
va 1911 yil—nemis biokimyogari Nobel mukofoti sohibi Feodor Feliks Konrad Linen 6 aprel sanasida tavallud topgan.

Top