Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angolada tarqalgan sariq bezgak 225 kishining umriga zomin bo‘ldi
Angola sog‘liqni saqlash vaziri Luis Samboning ma'lum qilishicha, mamlakatda tarqalgan sariq bezgak oqibatida 225 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Reyter” agentligi xabar bermoqda.
Mart oyi hisob-kitobi bo‘yicha qurbonlar soni 158 kishini tashkil etgan edi.
Samboning ma'lumotiga ko‘ra, kasallik bilan chalinganlar ro‘yxati 1600 nafar kishini tashkil etadi. Vazirning ta'kidlashicha, kasallik mamlakatning 18 provinsiyasidan 16 tasiga tarqalgan.
Sariq bezgak o‘tkir yuqumli kasallik hisoblanadi. Uning tarqatuvchisi chivinlar deb qayd etilgan. Kasallik alomatlari deb tanadagi yuqori harorat, og‘iz bo‘shlig‘idan qon kelishi, umumiy holatning og‘irlashuvi, oshqozon va ichak kasalliklarining paydo bo‘lishi, jigar va buyrak xastaligi xarakterlangan. Kasallikka chalingan odam aksari holatda vafot etadi.