14:05 / 06.04.2016
1743

AQSh armiyasi askarlarni miniatyur uchuvchisiz dronlari bilan ta'minlaydi

Jang maydonlarida uchuvchisiz dronlardan foydalanish harbiylarga ular uzatayotgan tasvir orqali dushman soni, ularning qurollanishi va yerdagi obektlar haqida ma'lumot olishga yordam beradi. Ammo ularni maydonlari kichik bo‘lgan joylarda, masalan, bino ichida, odamlar yashovchi uylarda, ulardan foydalanish qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun AQSh o‘z armiyasini 2018 yilga qadar Norvegiya va Buyuk Britaniya soldatlari foydalanayotgan miniatyur dronlar bilan ta'minlashni rejalashtirmoqda.

2013 yilda yuqorida aytib o‘tilgan mamlakatlar18 km/s tezlik bilan operatoridan 1,6 kilometrgacha 25 daqiqa ucha oladigan va yuqori sifatdagi videotasvirni onlayn tarzda uzata oladigan 18 grammli Black Hornet uchuvchisiz dronlari bilan qurollangan. Ammo bu dronlarning bir donasining narxi 190 ming dollarni tashkil etadi.

Amerikalik harbiylar esa “cho‘ntak” dronlarining arzonroq variantini topishni rejalashtirishmoqda va quyidagi talablarni taqdim etishmoqda: uchuvchisiz dron og‘irligi 150 grammdan oshmagan va yuqori sifatli kameraga ega bo‘lgan, uchishga bir daqiqa ichida tayyor bo‘ladigan, kamida 150 daqiqa ucha oladigan, uchish uzoqligi esa 1,2 kilometrni tashkil etishi lozim. Hamda shamolga qarshilik kuchi – 8m/s bo‘lishi shart. Shuningdek, kamera orqali olingan tasvir onlayn tarzda operator kontrolleriga uzatilishi kerak. Bundan tashqari, 15-20m uzoqlikda olingan bino va odamlarning tasvirini 90 foizga ko‘ra olish imkoniyati mavjud bo‘lishi ham shart.

Top