Jamiyat | 17:17 / 06.04.2016
2338
1 daqiqa o‘qiladi

«Betmen Supermenga qarshi: Adolat tongida» filmi yiqqan mablag‘ miqdori 700 mln dollarga yaqinlashdi

«Betmen Supermenga qarshi: Adolat tongida» filmi prokatga chiqarilganidan buyon ishlab topgan mablag‘i miqdori 700 mln dollarga yaqinni tashkil qilmoqda. Bu haqda Collider nashri Warner Bros kinokompaniyasiga asoslanib xabar tarqatdi.

Byudjyeti 200 million dollar baholangan film premerasi AQShda shu yilning 24 martida bo‘lib o‘tgandi.

4 aprel kuni ushbu rejissyor Zak Snayderning ushbu kinokartinasi dunyo kinoprokatida yana 14,3 mln dollar ishlab topdi. Bu orqali, o‘tgan vaqt ichida ishlab topilgan mablag‘ miqdori 698 mln dollarga yetdi (263,7 mln dollar AQShda, 434 mln dollar dunyoning boshqa mamlakatlarida).

Endilikda bu film 668 mln dollarlik natijaga ega bo‘lgan «Temir odam» filmini ortda qoldirdi.

Bu kartina 1 mlrd dollarlik dovondan oshishi va «Qora ritsar» va «Qora ritsar: Afsonaning tirilishi» filmlari natijalarini takrorlashi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish