14:13 / 06.04.2016
1349

Bloomberg: Farmatsevtik gigantlarning birlashishi Obama tufayli bekor bo‘ldi

Pfizer va Allergan o‘rtasidagi yirik birashuv va farmatsevtika sohasini qamrab olish bitimi AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati soliq to‘lashdan bosh tortishga keskin choralar ko‘rilishini e'lon qilgani munosabati bilan bekor qilindi. Bu haqida Bloomberg birlashuv muzokarasiga yaqin manbaga asoslanib xabar berdi.

AQSh hukumati kompaniyaning yurisdiksiyasini o‘zgartirib, faoliyati va bank hisoblarini AQShda qoldirayotgan soliq to‘lashdan bosh tortayotgan kompaniyalar bilan kurashish maqsadida zarur choralarni kuchaytirganini e'lon qildi. Birlashuv evaziga Pfizer soliq to‘lashni kamaytirishga erishishi mumkin edi, chunki Allergan AQShda emas, Irlandiyada qayd qilingan. Biroq endi bunday kelishuvdan Pfizer uchun hech qanday naf yo‘q. Zero, boshqa yurisdiksiyali kompaniya bilan birlashganda soliq hajmi kutilganidan yuqori bo‘lishi muqarrar.

Ikki farmatsevtik gigantning bitimi 150-160 milliard dollarga baholanayotgan edi.

Endi Pfizer kompaniyasi Allergan’ga kelishuvni to‘xtatgani uchun 400 million dollar hajmida jarima to‘lashi kerak bo‘ladi.

Top